Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh noqonuniy muhojirlarga Yangi yil oldidan ixtiyoriy ravishda deportasiya qilingani uchun 3000 dollar to‘laydi

AQSh noqonuniy muhojirlarga Yangi yil oldidan ixtiyoriy ravishda deportasiya qilingani uchun 3000 dollar to‘laydi

AQSh ma’muriyati noqonuniy muhojirlar uchun ixtiyoriy ravishda mamlakatni tark etganlar uchun mukofotni 3000 dollargacha oshirishga qaror qildi.

Bu haqda ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem "X" ijtimoiy sahifasida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu to‘lov joriy yilning oxirigacha o‘zini-o‘zi deportasiya qilish uchun ariza berganlarga to‘lanadi.

"Ushbu ta’til mavsumida amerikalik soliq to‘lovchilar noqonuniy immigrantlarning mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etishlari uchun rag‘batni uch baravar oshirdi. Yil oxiriga kelib, CBP Home App ilovasi yordamida o‘zini-o‘zi deportasiya qilgan noqonuniy muhojirlar 3000 dollar bonus olish huquqiga ega bo‘ladilar" - deb yozdi u X sahifasida.

Avvalgidek, ularning samolyot chiptasi ham AQSh hukumati tomonidan qoplanadi. Bundan tashqari, immigrasiya qonunchiligini buzganlik uchun jarima va boshqa jazolar kechiriladi.

Joriy yilning yanvar oyidan beri 1,9 million noqonuniy muhojir AQShga o‘zini-o‘zi deportasiya qilish imkoniyatidan foydalangan.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!