Bugun 15 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh NATO ittifoqchilariga Tramp siyosatiga munosabatni baholash uchun so‘rovnoma yubordi

AQSh NATO ittifoqchilariga Tramp siyosatiga munosabatni baholash uchun so‘rovnoma yubordi

AQSh ma’muriyati NATO bo‘yicha ittifoqchilariga prezident Donald Tramp siyosatiga nisbatan ularning qo‘llab-quvvatlash darajasini baholash maqsadida maxsus so‘rovnoma yubordi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Tashabbus AQShning Yevropadagi harbiy ishtirokini ehtimoliy qisqartirish masalasi muhokama qilinayotgan bir paytda ilgari surilgan.

Ma’lum qilinishicha, Vashingtonni, xususan, NATO davlatlarining AQSh tashqi siyosatini ommaviy ravishda qay darajada qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek Amerika harbiy bazalaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar qiziqtirmoqda.

Bundan tashqari, ittifoqchilardan AQSh mudofaa kompaniyalaridan qurol-yarog‘ xarid qilish hajmi va Yevropada "Evropada ishlab chiqarilgan" tamoyili asosida qurol ishlab chiqarishni rivojlantirishga munosabati haqida ham so‘ralgan.

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, NATOning ayrim davlatlari ushbu tashabbusni salbiy qabul qilgan. Ular buni AQSh xavfsizlik kafolatlarini saqlab qolish evaziga ittifoqchilardan siyosiy va mafkuraviy sodiqlik talab qilishga urinish sifatida baholagan.

Agentlik ta’kidlashicha, bunday yondashuv Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan transatlantik munosabatlar xarakteriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kiritildi: 23:18 14.08.2026. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!