Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

AQSh NATO'da qoladi — Marko Rubio

AQSh NATO'da qoladi — Marko Rubio

AQSh NATO'da qoladi.

AQSh Davlat departamenti rahbari bu haqda Bryusselda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan qo‘shma brifing chog‘ida ma’lum qildi.

"Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp NATO'ni qo‘llab-quvvatlashini aniq bildirib o‘tdi va biz alyansda qolishni rejalashtirmoqdamiz", — dedi Rubio.

Davlat departamenti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh hozircha Yevropadagi harbiy ishtirokini qisqartirishni rejalashtirmayapti. Shu bilan birga, Vashington alyansning boshqa a’zolaridan mudofaaga yondashuvini o‘zgartirishni, xususan, harbiy byudjetlarini YAIMning 5 foizigacha oshirishini kutmoqda.

"Biz mudofaani ustuvor yo‘nalishga qo‘ymoqdamiz va hamkorlarimiz ham xuddi shunday yo‘l tutishlarini kutmoqdamiz", — deya qo‘shimcha qildi Rubio.

Kiritildi: 18:14 03.04.2025. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!