Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh narkotik kartellariga qarshi kurashish uchun 4000 dengiz piyodasini yuboradi

A A A
AQSh narkotik kartellariga qarshi kurashish uchun 4000 dengiz piyodasini yuboradi

AQSh Mudofaa vazirligi prezident Donald Tramp narkotik kartellariga qarshi kurashish uchun harbiylarni joylashtirishga tayyorligini aytganidan so‘ng kuch ko‘rsatish maqsadida Lotin Amerikasi yaqinidagi dengiz hududlariga 4000 dan ortiq dengizchi va dengiz piyodalarini jo‘natmoqda.

Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Ivodzima" amfibiya guruhi va 22-dengiz ekspedisiyasi bo‘linmasi Markaziy va Janubiy Amerika, shuningdek, Karib havzasini o‘z ichiga olgan AQSh janubiy qo‘mondonligi mas’ul hududiga yuborilmoqda. Bu kuchlar inqirozga qarshi birgalikdagi guruh vazifasini bajaradi.

Qo‘shinlarning aniq missiyalari oshkor etilmagan bo‘lsa-da, The New York Times avvalroq Tramp Pentagonga Lotin Amerikasidagi narkotik kartellariga qarshi harbiy harakatlar variantlarini tayyorlashni buyurgani haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, Meksika o‘z hududiga Amerika qo‘shinlarini joylashtirish imkoniyatini allaqachon rad etgan.

Kiritildi: 06:50 19.08.2025. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!