Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Myunxen konferensiyasida Rossiya-Ukraina urushini yakunlash bo‘yicha reja taqdim etmaydi

AQSh Myunxen konferensiyasida Rossiya-Ukraina urushini yakunlash bo‘yicha reja taqdim etmaydi

Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Newsmax telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Kellog avvalroq Bloomberg nashrida e’lon qilingan maqolaga izoh berdi. Unda AQShning ittifoqchilari kelasi hafta tinchlik rejasining taqdim etilishini kutayotgani yozilgan edi.

Kellogning so‘zlariga ko‘ra, bu aniq ro‘y bermaydi. U reja tayyor bo‘lgach, bevosita prezident Donald Tramp tomonidan taqdim etilishini ta’kidladi.

Shuningdek, Kellog AQSh delegasiyasi Myunxen konferensiyasida Yevropa yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazishini, keyin Vashingtonga qaytib prezident Donald Tramp bilan keyingi harakatlarni muhokama qilishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 19:17 06.02.2025. O'qildi: 1099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!