Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh mutaxassislari Yamandagi husiylarga zarba berish uchun nishon tanlashda yordam bermoqda

AQSh mutaxassislari Yamandagi husiylarga zarba berish uchun nishon tanlashda yordam bermoqda

Saudiya Arabistonida 200 dan ortiq amerikalik harbiy xizmatchi va razvedka mutaxassisi bo‘lib, ular Yamandagi husiylar pozisiyalariga zarba berish uchun nishonlarni tanlashda yordam bermoqda. Bu haqda The New York Times amaldagi va sobiq amerikalik rasmiylarga tayanib xabar berdi.

Bundan tashqari, AQSh Harbiy-havo kuchlari jangovar patrullikni amalga oshirayotgan Saudiya Arabistoni Qirollik harbiy-havo kuchlari qiruvchilarini havoda yoqilg‘i bilan ta’minlamoqda.

Shu bilan bir vaqtda, Ar-Riyod Yaman Prezidentlik rahbarlik kengashi (PLC) kuchlari huzuriga harbiy maslahatchilarni yuborgan. Ular hukumat kuchlarining "Ansor Alloh"ga qarshi quruqlikdagi hujumini muvofiqlashtirishga yordam bermoqda.

Kiritildi: 13:57 05.10.2026. O'qildi: 647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!