AQSh Mudofaa vazirligi Eron bilan urush fonida qurol-yarog‘ zaxiralari kamayib borayotgani sababli mamlakat mudofaa sanoati kompaniyalaridan ishlab chiqarish sur’atini oshirishni talab qildi.
The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Stiv Faynberg kompaniyalarga muhim qurollarni ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha reja ishlab chiqish uchun 21 kun muhlat bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh armiyasi THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimlari uchun mo‘ljallangan raketalar zaxirasining taxminan 80 foizini, «Petriot» raketalarining esa qariyb yarmini sarflagan.
Pentagon qurol ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun ishlab chiqarish korxonalari va mavjud quvvatlar sonini kengaytirishni ham talab qilgan.
Ayni vaqtda AQSh Kongressida mudofaa xarajatlari uchun 1,15 trln dollar ajratishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu mablag‘lar mudofaa sohasini qo‘shimcha moliyalashtirishni ham o‘z ichiga oladi.