AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset uning rahbarligi ostida Amerika Qurolli kuchlarida general va admirallar soni taxminan 20 foizga qisqartirilayotganini tasdiqladi.
Xegsetning so‘zlariga ko‘ra, general va admirallarning 10 foizi allaqachon ishdan bo‘shatilgan, yana 10 foiz general va admiral lavozimlari qisqartirilgan.
Shuningdek, u armiyada «harbiy ruhni» mustahkamlashini ma’lum qildi va yangi Avtonom jangovor tizimlar qo‘mondonligini tashkil etishga va’da berdi.
Xegset Virjiniya shtatidagi Kuantiko shahrida joylashgan AQSh dengiz piyodalari korpusi bazasida ofiserlar oldida nutq so‘zladi.