Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh mudofaa vaziri ilk bor “Ramshteyn” uchrashuvida ishtirok etmaydi — Associated Press

AQSh mudofaa vaziri ilk bor “Ramshteyn” uchrashuvida ishtirok etmaydi — Associated Press

Agentlikning yozishicha, Qo‘shma Shtatlar uch yil oldin Ukrainaga harbiy yordamni muvofiqlashtirish uchun xalqaro guruh tashkil etganidan beri ilk bor Pentagon rahbari Pit Hegset 50 dan ortiq mudofaa vazirlari ishtirok etadigan uchrashuvda qatnashmaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hegset yakshanba kuni Singapurdagi milliy xavfsizlik bo‘yicha Shangri-La konferensiyasidan qaytgan, ammo “Ramshteyn” uchrashuvida qatnashish uchun charshanba kuni kechgacha Bryusselga yetib bormaydi.

Agentlik manbasining ma’lum qilishicha, AQSh mudofaa vaziri ushbu yig‘ilishda videokonferensiya orqali ham qatnashmaydi.

Associated Press'ning qayd etishicha, bu Vashington tomonidan Ukrainadagi harbiy harakatlardan o‘zini uzoqlashtirishga qaratilgan so‘nggi qadamlardan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 12:31 04.06.2025. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!