Amerika ma’muriyati ikki tomonlama mojaroni hal qilish maqsadida Hindiston va Pokiston rahbariyati bilan aloqada bo‘ladi.
Bu haqda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
"Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini" ta’kidladi. Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “tinch yo‘l bilan yechim topish uchun Hindiston va Pokiston rahbariyati bilan hamkorlikni davom ettiradi”.