Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qurolli mojaro bartaraf etilgandan keyin ham harbiy yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan mamlakat Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi lavozimiga nomzodi ilgari surilgan Den Keyn ma’lum qildi.
"Urush tugaganidan keyin biz Ukrainaga armiyasini rivojlantirish va uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashda yordam berishda davom etishimiz kerak", dedi Keyn o‘zining tasdiqlov tinglovi oldidan AQSh senatorlarining savollariga yozma javoblarida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning mudofaa qobiliyatini qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar tarmog‘ining bir qismidir va Yevropa Kiyevga yordam ulushini oshirar ekan, o‘ziga xos harbiy resurslar bilan ta’minlashga e’tibor qaratishi kerak.