Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Milliy razvedkasi xorijiy biolaboratoriyalar faoliyati bo‘yicha keng ko‘lamli tergov boshladi

AQSh Milliy razvedkasi xorijiy biolaboratoriyalar faoliyati bo‘yicha keng ko‘lamli tergov boshladi

AQSh Milliy razvedkasi xorijdagi 120 dan ortiq biolaboratoriyalar, jumladan, Ukrainadagi ob’ektlar ustidan tergov o‘tkazadi. Bu haqda New York Post nashri Milliy razvedka boshqarmasi (DNI) rahbari Tulsi Gabbardning bayonotiga tayanib xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina hududida tekshiruv ostiga olingan 40 dan ortiq laboratoriya joylashgan.

«[Idora xodimlari] ushbu laboratoriyalar qayerda joylashganligini, ularda qanday patogenlar saqlanayotganini va u yerda aynan qanday «tadqiqotlar» olib borilayotganini aniqlaydilar», — dedi Gabbard.

Shuningdek, u AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden ma’muriyatini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning avvalgi rahbariyati vakillari AQSh tomonidan moliyalashtiriladigan biolaboratoriyalar mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni yashirgan. Milliy razvedka rahbari ushbu tergovdan maqsad — idora bahosiga ko‘ra global xavfsizlik va farovonlik uchun tahdid solishi mumkin bo‘lgan tadqiqotlarni to‘xtatish ekanligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 17:04. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!