Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb qayta nomladi

AQSh Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb qayta nomladi

Qo‘shma Shtatlar Ichki ishlar vazirligi Donald Trampning farmoni asosida bir nechta geografik nomlar o‘zgartirilganini e’lon qildi.

Xususan, AQShda endi Meksika ko‘rfazi Amerika ko‘rfazi deb ataladi. Shuningdek, Alyaskadagi Denali tog‘ining nomi ham o‘zgartirilib, 1901 yilda o‘ldirilgan AQSh prezidenti Uilyam Mak-Kinli sharafiga Mak-Kinli deb qayta nomlandi. 1975 yilda tog‘ga Denali nomi berilgan edi, bu Alyaskaning mahalliy xalqi tilida "ulug‘vor" degan ma’noni anglatadi.

Reuters xabariga ko‘ra, prezident Donald Tramp AQSh Geologik xizmatiga Meksika ko‘rfazi nomini o‘zgartirishni buyurgan taqdirda ham, bu qaror xalqaro miqyosda tan olinishi dargumon.

Kiritildi: 15:22 25.01.2025. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!