AQSh maxfiy xizmati Vashingtonda AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning qizi va kuyovi - Ivanka Tramp hamda Jared Kushnerning uyi yaqinida joylashgan kichik, bir xonali kvartirani ijaraga oldi, deb xabar qilmoqda CNN xizmat bilan tanish bo‘lgan manbaga tayanib.
Qayd etilishicha, ushbu kvartira sobiq prezident Barak Obama, shuningdek, siyosiy arboblar va diplomatlar yashaydigan Kalorama hududida to‘xtash uchun zarur bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, ijaraga berilgan kvartira mahalliy agentlar tomonidan "dam olish xonasi" sifatida ishlatiladi.
“The Washington Post” gazetasining yozishicha, 2017 yil sentyabr oyidan beri AQSh federal hukumati binolarni oyiga 3000 dollarga ijaraga olgan, ammo hozirda ushbu miqdor 100.000 dollardan oshiqroqqa yetgan.