Qo‘shma Shtatlar Nikolas Maduro Venesuela prezidenti lavozimini tark etgan taqdirda reja tayyorlamoqda.
Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Kingsli Uilson brifing chog‘ida ma’lum qildi.
"Departamentda favqulodda vaziyatlar rejasi mavjud. Agar dunyoning istalgan nuqtasida kutilmagan voqea yuz bersa, bizda javob tayyor va uni bajarishga tayyormiz", dedi u Venesuela rahbarining iste’foga chiqishi haqidagi savolga javob berib.
Uilsonning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiylari shu kungacha giyohvand moddalar bilan shug‘ullanuvchi to‘dalarga qarshi 21 marta zarba bergan.
“Hozirgi kunga qadar bizning yarim sharimizda narkotik moddalar savdosi tarmoqlariga qarshi 21 ta kinetik zarba berildi, natijada 82 nafar narkoterrorchi halok bo‘ldi”, — deya aniqlik kiritdi matbuot kotibi.
Pentagon, shuningdek, narkoterrorchilarni yo‘q qilish operasiyasi endigina boshlanganini ta’kidladi.