AQSh Kongressidagi respublikachilar Make Greenland Great Again nomli qonun loyihasini ishlab chiqdilar. Bu haqda Reuters xabar berdi.
"Ushbu qonun loyihasi Donald Tramp prezidentlik lavozimiga qaytgach, Grenlandiyani sotib olish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Agar qonun ma’qullansa, Tramp Daniya bilan orolni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni boshlash huquqiga ega bo‘ladi", deb yozadi agentlik.