Respublikachilar partiyasi vakili hisoblanuvchi Jonson bu haqda o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.
"Agar Jo Bayden prezidentlikka nomzod bo‘lishga loyiq bo‘lmasa, u prezident lavozimini egallashga ham loyiq emas. U darhol iste’foga chiqishi kerak", — deb yozadi spiker.
Jonsonning qo‘shimcha qilishicha, demokratlar Jo Baydenni prezidentlikka nomzod sifatida tanlagan 14 milliondan ortiq amerikaliklarning ovozini yo‘qqa chiqargan.