AQShning Karib dengizidagi harbiy ishtirokining ortishi bilan bog‘liq xarajatlari 3 milliard dollarga yaqinlashdi.
Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, hisobotda Karib dengizi havzasida harbiy ishtirokining ortishiga sarflangan xarajatlar 2,9 milliard dollarga yetgani aytilgan. Eng muhim xarajatlardan biri mintaqaga Gerald R. Ford aviatashuvchisi va unga hamrohlik qiluvchi zarba beruvchi guruhni joylashtirish bo‘lib, bu AQSh ma’muriyatiga 2025 yil noyabridan beri taxminan 740 million dollarga tushdi.
Noyabr oyining o‘rtalaridan yanvar oyining o‘rtalariga qadar AQSh flotining taxminan 20 foizi mintaqada to‘plangan va bunday guruhni saqlash kuniga taxminan 20 million dollarga tushadi.