Vashington ma’muriyati Karib dengizi mintaqasida giyohvand moddalar savdosini to‘xtatishga qaratilgan deb da’vo qilgan kuch ishlatishni davom ettirish niyatida.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt navbatdagi matbuot brifingida ma’lum qilgan.
"Tramp ma’muriyatining Karib dengizidagi narkotik-terrorchilarga qarshi kampaniyamiz bo‘yicha pozisiyasiga kelsak, u davom etadi", dedi Levitt.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp “terrorchilarga Amerika fuqarolarini o‘ldiradigan giyohvand moddalarni olib kirishiga yo‘l qo‘ymasligini aniq aytdi”. Avvalroq AQSh Lotin Amerikasida faoliyat yurituvchi bir qator narkotik kartellarini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritgan edi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi OAVning Buyuk Britaniya AQShga Karib dengizidagi giyohvand moddalar kontrabandasi bilan bog‘liqlikda gumon qilingan kemalar harakati bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini taqdim etishni to‘xtatgani haqidagi xabarlarga izoh berish so‘roviga javoban aytdi.
"Men bu hisobotlarni ko‘rganman, ulardan xabardorman. Lekin biz maxfiy ma’lumotlar bilan bog‘liq razvedka ishlariga izoh bermaymiz", - dedi Levitt. CNN manbalariga ko‘ra, Londonning bu harakati AQShning mintaqadagi qayiqlarga bergan zarbalariga aralashmaslik istagidan kelib chiqqan. Britaniya tomoni AQShning bu harakatlarini noqonuniy deb hisoblaydi, deyiladi xabarda.