Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

AQSh JSSTni rasman tark etdi

AQSh JSSTni rasman tark etdi

Bloomberg xabar berishicha, AQSh tashkilotga 260 million dollar miqdordagi qarzini to‘lamagan.

22 yanvar kuni AQSh Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi JSSTga barcha moliyaviy mablag‘lar ajratilishi to‘xtatilganini, shuningdek, amerikalik xodimlar tashkilotning shtab-kvartirasi va boshqa ofislaridan chaqirib olinganini ma’lum qildi.

Donald Tramp AQShni JSSTdan chiqarish haqidagi farmoyishni prezidentlik faoliyatining ilk kunida imzolagan va tashkilotni COVID-19 pandemiyasi davridagi harakatlari uchun tanqid qilgan edi.

JSST nizomiga ko‘ra, chiqishdan oldin barcha moliyaviy majburiyatlar bajarilishi lozim, biroq tashkilot AQShni qarzni to‘lashga majburlash vakolatiga ega emas.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!