Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh "Johnson&Johnson" vaksinasi bilan emlashni qayta boshlamoqchi

A A A
AQSh "Johnson&Johnson" vaksinasi bilan emlashni qayta boshlamoqchi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Johnson&Johnson vaksinasi bilan emlash bo‘yicha onlayn ravishda ovoz berish bo‘lib o‘tdi.

Shunday qilib, AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazining 15 vakili mamlakatda J&J bilan emlashni qayta boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak edi. Olingan natijalarga ko‘ra, o‘nta mutaxassis 18 yoshdan katta odamlar uchun ushbu preparat bilan emlashni qayta boshlash tarafdori bo‘lgan va to‘rt nafari qarshi bo‘lgan. Kengashning yana bir a’zosi betaraf qoldi.

Ko‘pgina CDC vakillari vaksinadan foydalanishning foydasi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarning xavfidan ustun ekanligni ta’kidlashdi. Shunday qilib, endi mazkur preparat bilan emlash qayta tiklanadi.

Bir kun oldin xabar qilinganidek, Qo‘shma Shtatlarda aprel oyining boshlarida 50 yoshli ayol J&J vaksinasi bilan emlandi va ikki hafta o‘tib vafot etdi. Emlash va o‘lim o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 19:35 24.04.2021. O'qildi: 2729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!