Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh jinoyatlar sodir etganlarning fuqaroligini bekor qilmoqchi

AQSh jinoyatlar sodir etganlarning fuqaroligini bekor qilmoqchi

AQSh Adliya vazirligi amerikaliklarni ayrim jinoyatlarni sodir etganliklari uchun olgan fuqaroligidan mahrum etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda ABC telekanaliga bosh prokuror o‘rinbosari Brett Shumayt ma’lum qildi.

"Shumeyt AQSh prokurorlariga "ma’muriyatning siyosiy maqsadlarini ilgari surish" uchun denaturalizasiyani qachon talab qilish kerakligini hal qilish uchun keng vakolatlar beradi... Prokurorlarga "milliy xavfsizlikka potensial xavf tug‘diradigan" shaxslar bilan bog‘liq ishlarni birinchi o‘ringa qo‘yish tavsiya etiladi", - deyiladi telekanal xabarida.

Shuningdek, hujjatda aytilishicha, ayrim hollarda prokurorlar qiynoqlar, harbiy jinoyatlar, odam savdosi va inson huquqlarini poymol qilishda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan denaturalizasiyani talab qilishi kerak, deyiladi telekanal.

Kiritildi: 14:15 02.07.2025. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!