Bugun 22 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSH-Isroil operasiyasi boshlanganidan beri Eronning Ilam viloyatida oltmish kishi halok bo‘ldi

AQSH-Isroil operasiyasi boshlanganidan beri Eronning Ilam viloyatida oltmish kishi halok bo‘ldi

28 fevral kuni AQSH-Isroil hujumi boshlanganidan beri Eronning g‘arbiy Ilam viloyatida oltmish kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Eronning Tasnim axborot agentligi viloyat ma’muriyatiga tayanib xabar bermoqda.

"AQSH-Isroil hujumlari paytida 93 ta nishonga zarba berildi va 61 ta binoga zarar yetdi", deyiladi bayonotda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida barcha yoshdagi tinch aholi vakillari bor.

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshladi. Natijada Eronning Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomeney va bir nechta yuqori lavozimli amaldorlar o‘ldirildi. Keyin Eron Isroildagi nishonlarga, shuningdek, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kiprdagi AQSh va uning ittifoqchilari bilan bog‘liq nishonlarga zarba berishni boshladi.

Kiritildi: Bugun 09:07. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!