Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh ilmiy sohada yetakchilikni yo‘qotmoqdami?

AQSh ilmiy sohada yetakchilikni yo‘qotmoqdami?

Bu haqda The Economist nashri o‘z mulohazalarini e’lon qildi.

“20 asr boshida Amerika birorta ham ilmiy sohada yetakchilik qilmas edi. Asr oxiriga kelib esa, u yetakchi bo‘lmagan soha qolmadi. Amerikaning muvaffaqiyatlari — uning iqtisodiy qudrati, texnologik va harbiy salohiyati — bularning barchasi ilmiy yutuqlar bilan chambarchas bog‘liq”.

“Amerika — jamoaviy ilmiy tadqiqotlarga eng yirik moliyaviy ko‘mak ko‘rsatuvchi davlat hisoblanadi. Ilm-fan yo‘nalishida Nobel mukofotining yarmi amerikalik olimlarga berilgan, shuningdek, dunyodagi eng nufuzli o‘nta ilmiy-tadqiqot universitetining to‘rttasi aynan shu mamlakatda joylashgan”.

Ammo “Atigi bir necha oy ichida Tramp ma’muriyati minglab ilmiy grantlarni bekor qildi va olimlarga ajratilishi kerak bo‘lgan milliardlab dollar mablag‘larni to‘xtatib qo‘ydi. Dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan bo‘lgan Harvard va Kolumbiya universitetlarida olib borilayotgan loyihalar keskin tarzda tugatildi. Taklif etilayotgan byudjet choralari esa AQShning asosiy ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi agentliklarining mablag‘larini 50 foizgacha qisqartirishni nazarda tutadi”.

“Amerika uzoq yillar davomida texnologik va ilmiy ustunligi tufayli dunyoning eng iqtidorli mutaxassislarini o‘ziga jalb etib kelgan edi. Endi esa, dunyoning eng ziyolilari bu mamlakatdan chiqib ketish yo‘lini izlayotgandek.”

“Joriy yilning dastlabki uch oyida xorijda ish izlagan amerikalik olimlar soni 2024 yilning shu davriga nisbatan 33 foizga oshgan bo‘lsa, Amerikaga kelish uchun ariza topshirgan xorijlik tadqiqotchilar soni esa 25 foizga kamaygan”.

Kiritildi: 10:41 25.05.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!