Bu haqda Bloomberg xabar bremoqda.
Markaziy qo‘mondonlik bu so‘rovni Eron o‘z uchirish qurilmalarini Precision Strike Missile ballistik raketasi yetib boradigan hududdan tashqariga ko‘chirgani bilan izohladi.
Qayd etilishicha, agar so‘rov tasdiqlansa, bu Qo‘shma Shtatlar tomonidan gipertovushli raketalarni joylashtirishning birinchi holati bo‘ladi. Markaziy qo‘mondonlikning qo‘shimcha qilishicha, Eronga qarshi operasiya o‘tkazishda gipertovushli qurollarni joylashtirish to‘g‘risida hali qaror qabul qilinmagan.
Ma’lumot uchun, Precision Strike Missile — uzoq masofaga mo‘ljallangan yuqori aniqlikdagi ballistik raketa hisoblanadi.
Shu bilan birga, harbiy ekspert Yuriy Knutov bugungi kunda faqat Rossiya va Xitoy "haqiqiy gipertovushli raketalar" ishlab chiqarayotganini, Eronda ham shunga o‘xshash narsa borligini eslatdi.