AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasining (SEC) ma’lumotlarini oshkor qilish uchun EDGAR tizimini buzgan ikki ukrainalik xakerning har biri to‘g‘risida ma’lumot uchun 1 million dollar to‘lashga tayyor, deb yozadi "Kommersant".
AQShda ukrainalik xakerlar: Artem Radchenko va Oleksandr Yeremenkoga 16 ta firibgarlikda ayblov qo‘yildi. Ular "transmilliy uyushgan jinoyatchilik"da ishtirok etganliklari uchun qidirilmoqda.
AQSh Maxfiy xizmatining tergov materiallariga ko‘ra, xakerlar SEC tizimidan minglab maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlagan va sotgan. Ushbu ishda jami 9 kishi, shu jumladan, AQSH, Rossiya va Ukrainadan oltita "savdogar" ishtirok etmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yil maydan oktyabrgacha jinoyatchilar hujjatlarni sotishdan 4,1 mln dollar daromad ko‘rishgan.