AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston bilan Amerika tovarlariga bojxona to‘lovlarini bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.
Bu haqda u Oq uyda Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
"Hindiston dunyodagi eng yuqori tariflarni undirayotgan edi. Biz bunga chiday olmadik - ular ularni nolga tushirishga kelishib oldilar", - dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaydi.
Bloomberg agentligining 5 may kuni xabar berishicha, AQSh bilan davom etayotgan savdo muzokaralari doirasida Hindiston po‘lat, avtomobil butlovchi qismlari va farmasevtika mahsulotlariga bojlarni o‘zaro nolga tushirishni taklif qilgan.