Lotin Amerikasidagi narkokartellarga qarshi kurash doirasida AQSh armiyasi tez orada quruqlikdagi nishonlarga zarba berishni boshlaydi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Davlat departamentidagi tantanali qabulda ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bu masalada “juda qattiq” pozisiyani egallagan, buning natijasida AQShga dengiz orqali giyohvand moddalarni tashish 94 foizga qisqargan.
"Biz quruqlikda ham xuddi shunday jarayonni boshlaymiz, chunki biz har bir marshrutni bilamiz, har bir binoni bilamiz, ular qayerda yashashini bilamiz. Biz ular haqida hamma narsani bilamiz", dedi Oq uy rahbari o‘tgan yili AQShda giyohvand moddalarni iste’mol qilish oqibatida taxminan 300 ming odam halok bo‘lganini taxmin qilgan holda. "Bu dahshatli urush va biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz", deb ta’kidladi Tramp.