Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh harbiylari Karib dengizida Venesuelaning narkotiklar ortilgan kemasini cho‘ktirdi

AQSh harbiylari Karib dengizida Venesuelaning narkotiklar ortilgan kemasini cho‘ktirdi

Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

AQSh davlat kotibi Marko Rubio esa X ijtimoiy tarmog‘ida harbiylar "Karib dengizining janubiy qismida narkotik tashuvchi kemaga halokatli zarba bergani" haqida yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kema “narkoterroristik tashkilot” tomonidan boshqarilgan.

Bir necha kun avval Tramp Karib dengizining janubiy qismiga sakkizta harbiy kema yuborgan edi. U buni “narkotiklar kontrabandasiga qarshi kurash” bilan izohlagandi.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro esa Qo‘shma Shtatlarning bu harakatlarini “dushmanona qamal” deb atadi va BMTga murojaat qilib, mamlakatning hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilishga yordam berishni so‘radi.

Kiritildi: 12:30 03.09.2025. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!