Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh harbiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalash ehtimoli haqidagi xabarlardan so‘ng Eronning mina qo‘yuvchi kemalarini yo‘q qilmoqchi

AQSh harbiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalash ehtimoli haqidagi xabarlardan so‘ng Eronning mina qo‘yuvchi kemalarini yo‘q qilmoqchi

"Qo‘shma Shtatlar Eron kemalariga, jumladan minalash uchun ishlatiladigan 16 ta katerga bir qator zarbalar berdi. Bu zarbalar Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalashni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar ortidan amalga oshirildi", deya ma’lum qildi AQSh qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM).

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida Eronning mina qo‘yuvchi katerlari yo‘q qilinganini AQSh prezidenti Donald Tramp ham o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida tasdiqladi.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Yaqin Sharq mamlakatlaridan neft tashish uchun eng muhim yo‘laklardan biri hisoblanadi. Isroil va AQShning Eronga qarshi urushi boshlanganidan buyon ushbu bo‘g‘oz orqali fuqaroviy kemalar deyarli harakatlanmayapti.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh va Isroil mamlakatga hujumlarni davom ettirar ekan, Eron mintaqa orqali bir litr ham neft eksport qilinishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi. Errn ayrim istisnolarni faqat o‘z hududidan amerikalik va isroillik diplomatlarni chiqarib yuborgan davlatlar uchun qo‘llashni taklif qildi.

Kiritildi: Bugun 12:31. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!