Amerikalik harbiylar xalqaro suvlarda bo‘lgan Eronga aloqador neft tankerlari va tijorat kemalarini qo‘lga olishni niyat qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri AQSh rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.
«Yaqin kunlarda AQSh qurolli kuchlari Eron bilan bog‘liq bo‘lgan neft tankerlari bortiga ko‘tarilishga va xalqaro suvlardagi tijorat kemalarini qo‘lga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda», — deyiladi maqolada.