Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh harbiy bazalari muhojirlarni vaqtincha saqlash markazlariga aylanadi

AQSh harbiy bazalari muhojirlarni vaqtincha saqlash markazlariga aylanadi

AQSh Immigrasiya va bojxona nazorati (ICE) ikki harbiy bazadan muhojirlarni vaqtincha saqlash markazlari sifatida ishlatadi. Bu haqda Bloomberg Pentagon rahbari Pit Xegsetning xatiga tayanib xabar bermoqda.

"Tramp ma’muriyati muhojirlarni Nyu-Jersi va Indianadagi harbiy bazalarda vaqtincha ushlab turadi. Mudofaa vaziri Pit Xegset Makguayr-Diks-Leykxerst va Atterberi qo‘shma bazasidan foydalanishga ruxsat beruvchi rejani imzoladi", - deyiladi agentlik bayonotida.

Xegsetning so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy muhojirlarni joylashtirish harbiy tayyorgarlik yoki operasiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Kiritildi: 11:30 19.07.2025. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!