AQSh Bayden ketishidan oldin qolgan 7,1 milliard dollarlik yordamni ajratishga ulgurish uchun har hafta Ukrainaga qurol yuboradi. Bu haqda Pentagon xabar berdi.
Shu bilan birga, Oq uy Bayden yanvarda prezidentlikdan ketishidan oldin Ukrainaga ajratilgan 7 milliard dollardan ortiq harbiy yordamni yetkazib berish Pentagon uchun qiyin vazifa bo‘lishidan ogohlantirdi.
"Etkazib berish muddati uzoq vaqt olishi sababli Ukraina Bayden tomonidan ajratilgan harbiy yordamning bir qismini Tramp hokimiyatga kelganidan so‘ng oladi", deya aniqlik kiritdi Oq uy.