Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh HAMASni G‘azo sektorida sulh tuzishdan bosh tortishning jiddiy oqibatlaridan ogohlantirdi

A A A
 AQSh HAMASni G‘azo sektorida sulh tuzishdan bosh tortishning jiddiy oqibatlaridan ogohlantirdi

BU haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Qatar va Misr rasmiylari HAMAS yetakchilariga Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasalar, hibsga olinishlari, aktivlari muzlatilishi, sanksiyalar va Dohadagi xavfsiz qarorgohlaridan chiqarib yuborilishlari kabi choralar ko‘rilishi mumkinligini aytishgan.

AQSh prezidenti Jo Bayden HAMASni "o‘t ochishni batamom to‘xtatish yo‘lidagi yagona to‘siq" deb atadi.

"AQSh prezidenti taklif qilgan variant HAMASga to‘g‘ri kelmaydi. Ularning hisoblashicha, Bayden urushning tugashini kafolatlamaydi. Shu bilan birga, Vashington o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha HAMASdan hali yakuniy javob olgani yo‘q", deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Kiritildi: 18:50 09.06.2024. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!