Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh G‘azoni tiklash uchun Isroildan Falastin soliqlarini ajratishni so‘ramoqchi

AQSh G‘azoni tiklash uchun Isroildan Falastin soliqlarini ajratishni so‘ramoqchi

Donald Tramp ma’muriyati Isroil tomonidan ushlab turilgan Falastin soliq mablag‘larining bir qismini G‘azo sektorini urushdan keyingi tiklash ishlariga yo‘naltirish masalasini muhokama qilmoqda.

Reuters va The Times of Israel manbalariga ko‘ra, Vashington hozircha Tel-Avivga rasmiy murojaat yuborish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan. Muhokama qilinayotgan rejaga ko‘ra, mablag‘larning bir qismi AQSh qo‘llab-quvvatlayotgan G‘azodagi o‘tish davri ma’muriyatiga, qolgan qismi esa islohotlar sharti bilan Falastin ma’muriyatiga o‘tkazilishi mumkin.

Falastin tomoni Isroil ushlab turgan soliq mablag‘lari hajmini taxminan 5 milliard dollar deb baholamoqda.

G‘azoni tiklashni muvofiqlashtirish uchun joriy yil yanvar oyida xalqaro “Tinchlik kengashi” tashkil etilgani e’lon qilingan edi. Fevral oyida Vashingtonda o‘tgan birinchi yig‘ilishda to‘qqiz davlat G‘azoga 7 milliard dollar yordam ajratishga va’da bergan. AQSh esa qo‘shimcha 10 milliard dollar taqdim etishini bildirgan.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘azo sektorini to‘liq tiklash uchun taxminan 70 milliard dollar talab etiladi.

Kiritildi: 22:12 16.05.2026. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!