Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh G7 doirasida Rossiya nefti uchun narxning yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi chiqmoqda — Bloomberg

Agentlik bu haqda o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

"Hozirda G7 tomonidan 2022 yil oxirida joriy etilgan narx cheklovi amalda bo‘lib, u bir barrel uchun 60 dollarni tashkil etadi. Yevroittifoq esa bu narxni 45 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda, bu tashabbusni Kanada va Buyuk Britaniya ham qo‘llab-quvvatlamoqda", deb yozadi Bloomberg.

Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, AQSh 22 may kuni Kanadada bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” mamlakatlari moliya vazirlari uchrashuvida mazkur taklifga e’tiroz bildirgan.

"Evropa davlatlari Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirish bo‘yicha kelishuvga erishishga umidini yo‘qotmoqda. Yevroittifoq va Buyuk Britaniya rus nefti ortilgan ko‘plab tankerlar ularning hududiy suvlaridan o‘tayotgani sababli, Qo‘shma Shtatlarsiz ham yangi cheklovlarni kiritish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Bu masala bo‘yicha yakuniy qaror AQSh prezidenti Donald Trampga bog‘liq bo‘ladi", deyiladi Bloomberg xabarida.

15–17 iyun kunlari Kanadada G7 davlatlari yetakchilarining sammiti bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 19:38 14.06.2025. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!