Google kompaniyasi, AQSh foydalanuvchilari uchun Google Maps (Xaritalar) xizmatida Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb o‘zgartirishi haqida xabar berdi. CNN'ning xabariga ko‘ra, kompaniya ushbu qarorni o‘zining uzoq muddatli amaliyotiga asoslanib qabul qilgan. Google'ning bayonotiga ko‘ra, agar rasmiy hukumat manbalarida nomlar yangilangan bo‘lsa, kompaniya ularni o‘zgartiradi.
25 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb nomlashni buyurgan va Aļaskadagi Denali cho‘qqisini Mak-Kinli cho‘qqisi deb o‘zgartirgan. Google, shuningdek, Denali cho‘qqisini ham Aļaskadagi o‘z xaritalarida Mak-Kinli deb o‘zgartiradi. Kompaniya, «Rasmiy nomlar turli mamlakatlarda farq qiladi, Google Maps foydalanuvchilari esa mahalliy rasmiy nomni ko‘rishadi», deb ta’kidladi.
«Qolgan dunyo aholisi ikkala nomni ham ko‘radi. Bu holat shu yerda ham amal qiladi», dedi Google vakili.