Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh Federal zaxira tizimi 2025 yilda ilk bor asosiy foiz stavkasini pasaytirdi

AQSh Federal zaxira tizimi 2025 yilda ilk bor asosiy foiz stavkasini pasaytirdi

Bu haqda DW xabar bermoqda.

AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) asosiy foiz stavkasini 25 bazaviy punktga pasaytirib, 4,0-4,25 foiz darajasiga tushirdi.

"Qo‘shma Shtatlar mehnat bozorining sezilarli darajada zaiflashganidan so‘ng, ko‘plab tahlilchilar bunday qadamni kutayotgan edi. Mazkur qaror AQSh fond bozorlarida ko‘tarilishga sabab bo‘ldi", deb xabar bermoqda nashr.

Qayd etilishicha, foiz stavkalarining pasaytirilishi ortidan FZT AQSh yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishini 1,4 foizdan 1,6 foizga ko‘tarilishini kutmoqda. Inflyasiya bo‘yicha kutilmalar esa o‘zgarishsiz 3 foiz darajasida qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!