Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Falastin futbol assosiasiyasi rahbariga viza bermadi

AQSh Falastin futbol assosiasiyasi rahbariga viza bermadi


Qo‘shma Shtatlar Falastin futbol assosiasiyasi rahbari Jibril Rajubga mamlakat hududida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchrashuvlariga tashrif buyurish uchun viza berishdan bosh tortdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Falastin futbol assosiasiyasi rahbari AQSh vizasi berilmaganini tasdiqlagan. U Vashingtonning mazkur qarorini adolatsiz deb baholagan.

Jibril Rajub uzoq yillar davomida Isroilning G‘arbiy Sohildagi aholi punktlari jamoalarini mamlakat milliy chempionatiga qo‘shishiliga qarshi chiqib kelgan. U buni xalqaro futbol qoidalari buzilishi sifatida baholagan. Shuningdek, u FIFA’ni Isroilga nisbatan sanksiyalar qo‘llashga chaqirgan. Shu sababli, unga viza berilmagani taxmin qilinmoqda.

2026 yilgi FIFA Jahon chempionati kecha, 11 iyun kuni Mexiko shahrida Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan start oldi. Turnir o‘yinlari AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 23:48 12.06.2026. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!