Bu haqda Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb ma’lum qildi.
"Amerikaliklar yevropaliklarga nimalarni amalga oshirish mumkinligi haqida so‘rovnoma yubordi. Yevropa davlatlari ushbu so‘rovnomani birgalikda muhokama qilishlari va unga javob berishlari kerak", — deya aniqlik kiritdi Stubb Reuters agentligiga.
Avvalroq Reuters o‘zining anonim yevropalik manbalariga tayanib, AQSh shu hafta Yevropa davlatlariga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha Ukrainaga qanday resurslarni ajratishga tayyorliklari haqida savollar bilan notalar yuborganini xabar bergan edi.
Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga jami oltita savol yo‘llangan, jumladan, potensial harbiy kuchlar soni ham tilga olingan.