Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Eronni qo‘llab-quvvatlayotganlarga sanksiya qo‘lladi

AQSh Eronni qo‘llab-quvvatlayotganlarga sanksiya qo‘lladi

AQSh Moliya vazirligi Eron harbiy-sanoat kompleksi uchun xalqaro ta’minot zanjirlari bilan shug‘ullanuvchi 21 kompaniya va 17 jismoniy shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

Bu haqda AQSh moliya vazirligi ma’lum qildi.

Departament veb-saytiga ko‘ra, cheklovlar Eron, Xitoy, Gonkong, Germaniya, Turkiya, Portugaliya va Urugvaydagi ballistik raketalar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, vertolyotlar va harbiy samolyotlar uchun texnologiya va uskunalar yetkazib beruvchi tashkilot va vositachilarga taalluqlidir.

AQShning qayd etishicha, bu tarmoqlar Eronga o‘z harbiy salohiyatini mustahkamlashga yordam beradi va AQSh qo‘shinlari, kemalari va fuqarolariga tahdid soladi. Sanksiyalangan kompaniyalar va jismoniy shaxslarning AQShdagi barcha aktivlari bloklanadi va ular bilan operasiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi. Huquqbuzarliklar fuqarolik yoki jinoiy javobgarlikka, shu jumladan xorijiy moliya institutlari uchun ikkinchi darajali sanksiyalarga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 07:45 02.10.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!