Isroil AQShni Eronga bir o‘zi zarba berishi haqida ogohlantirdi — The Jerusalem Post.
Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, Isroil Qo‘shma Shtatlarni agar Tehron ballistik raketalar bo‘yicha belgilangan “qizil chiziq”dan o‘tsa, Tel-Aviv Eronga qarshi yakka holda harbiy zarba berishga tayyorligi haqida ogohlantirgan.
Isroilning yuqori martabali harbiy amaldorlarining so‘zlariga ko‘ra, Isroil tomoni mamlakat mavjudligiga tahdid soladigan qurollar tizimini qayta tiklashga yo‘l qo‘ymasligini qat’iy ta’kidlagan va harakatlar turini tanlash huquqini o‘zida saqlab qolishini bildirgan. Isroil harbiylari AQSh tomoniga raketa dasturining samaradorligini pasaytirishga qaratilgan tezkor konsepsiyalarni ham taqdim etgan. Bu rejalar orasida Eronning muhim ob’ektlariga zarbalar berish ham bor.
Isroil harbiy amaldorlaridan biri hozirgi vaziyatni Eronning raketa infratuzilmasiga kuchli zarba berish va Isroil hamda qo‘shni davlatlarga bo‘lgan faol tahdidlarni neytrallash uchun “tarixiy imkoniyat” sifatida baholagan.
11 fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh brezidenti Donald Tramp bilan Vashingtonda uchrashishi rejalashtirilgan. Uchrashuvda asosiy mavzu – AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar, jumladan Eronning yadro dasturi va uning mintaqaviy ta’siri bo‘ladi.