Vashington Eron atrofidagi vaziyat Ukrainadagi mojaroni hal qilishga yordam berishiga umid qilmoqda.
Bu haqda AQSh prezidentining elchisi Stiven Uitkoff CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Menimcha, bu yerda sodir bo‘layotgan voqealar natijasida paydo bo‘lgan nekbinlik Rossiya va Ukrainaga ham yoyilishi mumkin. Umid qilamizki, odamlar Eronda sodir bo‘lgan voqealarga qarab: Biz ham tinchlik jarayonining bir qismi bo‘lishni xohlaymiz, deyishadi.
Umid qilamizki, bu Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal qilish jarayonida juda yaxshi voqealarga olib keladi”, — dedi u.