Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Oq uyda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi
"12 aprel kuni juda muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Eron yadro quroliga ega bo‘la olmaydi. Agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, bu ular uchun juda yomon kun bo‘ladi, deb o‘ylayman", — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.
Avvalroq Tramp agar Tehron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan voz kechsa, “misli ko‘rilmagan” bombardimonlarni boshlashini va’da qilgandi.
Rossiya AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi bo‘lish taklifini ilgari surgan. Biroq tahlilchilar Vashingtonga bu borada ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qilmoqda, chunki Moskva va Tehronning umumiy manfaatlari borligi hamda bu Qo‘shma Shtatlarning Yaqin Sharqdagi mavqeiga putur yetkazishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Rossiya va Eron yanvar oyida har tomonlama strategik hamkorlik to‘g‘risidagi yangi shartnomani imzolagan edi, biroq undagi noaniq iboralar tomonlar urush yuz bergan taqdirda bir-birini himoya qilishga tayyor emasligini ko‘rsatadi.