Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp amerikalik rasmiylar so‘nggi bir necha kun ichida Eron rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazganini va bu muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Vashingtonda “Melaniya” nomli hujjatli film namoyishi vaqtida ma’lum qildi.
Trampning aytishicha, ayni paytda AQShning juda katta va qudratli harbiy kemalari Eron tomon yo‘l olgan.
"Bu kemalardan foydalanishga to‘g‘ri kelmasa, juda yaxshi bo‘lardi", — dedi Oq uy rahbari.
Jurnalistlar Trampdan Eronga qanday talablar qo‘yilgani haqida so‘raganida, u ikki asosiy shartni ochiq aytganini bildirdi.
"Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak va norozilik namoyishlarida qatnashayotgan fuqarolar o‘ldirilmasligi lozim", — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.