Ma’lumotlarga ko‘ra, Mustaqillik bayrami davomida osmonga qariyb 850 ming dona pirotexnika zaryadi uchirilgan.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yilgi shouda 20 mingga yaqin pirotexnika vositasi ishlatilgan edi, bu esa joriy tomoshaning miqyos jihatidan misli ko‘rilmagan ekanligini ko‘rsatadi.
Tadbirni Vashingtondagi Milliy xiyobonda AQSh prezidenti Donald Tramp va birinchi xonim Melaniya Tramp ham minglab tomoshabinlar bilan birgalikda tomosha qilgan.