Qo‘shma Shtatlar Kuba hukumatiga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazish niyatida emas.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp New York Post gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Yo‘q, chunki Kuba hukumati o‘z-o‘zidan qulab tushadi. Kuba uchun ishlar yomon ketmoqda", dedi u Kuba tuprog‘ida harbiy harakatlarni amalga oshirish niyati bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob berib.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, Gavana iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va energiya ta’minotida Karakasga juda bog‘liq.