Bugun 21 mart, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh endi Britaniya bazalaridan Eronga hujum qilish uchun foydalanishi mumkin

AQSh endi Britaniya bazalaridan Eronga hujum qilish uchun foydalanishi mumkin

Buyuk Britaniya AQShga o‘z aviabazalaridan Hormuz bo‘g‘ozidagi kemalarga hujum qilish uchun ishlatiladigan Eron nishonlariga va qo‘shni davlatlar infratuzilmasiga zarba berish uchun foydalanishga ruxsat berdi.

Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vazirining vakili Kir Starmer Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya vazirlari AQShning Buyuk Britaniya harbiy bazalaridan mintaqaning kollektiv o‘zini o‘zi himoya qilish doirasida foydalanish huquqini beruvchi kelishuv, shuningdek, Hormuz bo‘g‘ozidagi kemalarga hujum qilish uchun ishlatiladigan raketa pozisiyalari va imkoniyatlarini zaiflashtirishga qaratilgan mudofaa operasiyalariga ham tegishli ekanligini tasdiqladilar.

Ma’lum qilinishicha, mart oyi boshida London Vashingtonning Buyuk Britaniya manfaatlari va fuqarolarining xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan Eron raketa omborlariga zarba berish uchun Britaniya bazalaridan foydalanish haqidagi iltimosini ma’qullagan.

Shu bilan birga, Britaniya tomoni bu Buyuk Britaniyaning AQShga va Isroilning Eronga qarshi harbiy operasiyasiga qo‘shilishini anglatmasligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!