AQSh maxsus vakili Isroil va HAMASga anklavdagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish evaziga G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilishni ta’minlovchi yangi taklifni yetkazdi. Bu haqda CNN nashri xabar bermoqda.
Maqolada qayd etilishicha, kengaytirilgan o‘t ochishni to‘xtatish muddati davomida XAMAS ozod qilishi kerak bo‘lgan tirik va o‘lik garovga olinganlarning aniq soni va Isroil ozod qilishi kerak bo‘lgan falastinlik mahbuslar soni muzokaralar mavzusi bo‘lib qolmoqda.
"O‘t ochishni to‘xtatish rejimining uzaytirilishi Pasxa bayrami oxirigacha davom etadi, bu esa jangovar harakatlardagi pauzani bir oyga uzaytiradi va insonparvarlik yordamini yetkazib berishni yana bir oyga davom ettiradi”, — deyiladi bayonotda.