Bu haqda Politico xabar bermoqda.
Tramp ma’muriyati Ebola virusi tarqalayotgan mamlakatlardan kelayotgan chet elliklarning mamlakatga kirishini taqiqladi. Virus avj olgani sababli, AQSh kasallangan amerikaliklarni davolash va karantin uchun mamlakat tashqarisiga yo‘naltirmoqda.
Mutaxassislarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda Ebolaga chalinish bo‘yicha alohida holatlar aniqlanishi mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Tramp ma’muriyatining bu choralarini tanqid qilib, bunday cheklovlar “ilmiy asosga ega emasligi”ni ma’lum qildi.